18:06 / 17.07.2015
4561

Avstraliya hukumati uysiz mushuklarga urush ochdi

Avstraliya hukumati 2 mln uysiz mushuklar muammosini qat'iy hal qilishga kirishdi. Ular turli jonivorlarni va o‘simliklarni yo‘q qilib yuborayotgani bois zararli deb hisoblanmoqda.
Uysiz mushuklarning ko‘payishi natijasida 20 turdagi sut emizuvchi, 20 turdagi qush va 30 turdagi o‘simlik halok yoqasiga kelib qoldi.
Tabiiy resurslar vazirligi vakili Greg Xant ushbu masalani yaqin besh yili ichida hal qilish kerakligi, aks holda ayrim turdagi jonivorlar yo‘q bo‘lib ketishi mumkinligini ta'kidlamoqda. Ayniqsa ayrim mahalliy, kamyob turlar uchun jamoatchilik chuqur xavotir bildirmoqda.
Birinchi navbatda, ekologlarning fikricha, birinchi navbatda qopchiqli chumolixo‘rni, tog‘ qopchiqli kalamushini, tillarang va quyonsimon bandikutni, qoya vallabisini, qisqa tumshuqli kenguruni, qora dumli qopchiqli suvsarni, Kenguru orolidagi katlaoyoqli qopchiqli sichqonlarni himoya qilish kerak.
Avstraliya rasmiylari jahon hamjamiyatini uysiz mushuklarni manguga uxlatishning eng gumanitar usullaridan foydalanishiga ishontirmoqda. Rejaga ko‘ra, ularning soni 2020 yilga qadar yetarli darajada qisqartiriladi. Loyiha realizatsiyasiga 750 ming dollar ajratiladi.

Top