11:29 / 17.07.2015
11326

Ba'zi xonandalar o‘zbek to‘ylarini diskotekaga aylantirib yuborayotgani tanqid qilindi

"Hurriyat" gazetasida o‘zbek milliy to‘ylari ba'zi "yulduz xonandalar" kasofati bilan diskotekalarga, to‘yxonalar esa tungi klublarga aylanib borayotgani haqida yozib chiqildi.

"O‘zbek to‘ylarida birrovga chaqirilayotgan xonandalar ko‘payib bormoqda. Holbuki, yaqin o‘tmishda ham "birrovchilar" yo‘q edi", deyiladi maqolada.

Maqola muallifi qo‘shiqchilar ma'naviy saviyasi past bo‘lishiga qaramasdan, ular jamiyatning eng oldi qatlami sifatida ko‘rilayotganidan noroziligini bildirib o‘tgan.

“Xonandalar uchun millat ma'naviyatining umuman qizig‘i yo‘q. Muhimi, yaxshigina pul ishlash. Haydovchi yo‘l qoidasini buzsa jazoga tortiladi. Nima uchun “fononda”lar qoidani buzsa jazoga tortilmaydi? Ochig‘i, televideniye qulog‘ini burashdan qo‘rqib qoldik. Ko‘rsatuv olib borayotgan ham, maslahat berayotgan ham, kinoda rol o‘ynayotgan ham, ovqat pishirayotgan ham, kliplarda avtomobilini, uyini ko‘z-ko‘z qilayotganlar ham xonandalar bo‘lib qoldi”, – deb yoziladi ushbu maqolada.

Top