17:35 / 17.07.2015
2678

Devis Kubogi: O‘zbekiston va Janubiy Koreya qarama-qarshiligida birinchi kun bahslaridan keyin durang natija qayd etilmoqda

17 iyul kuni Toshkentdagi olimpiya zaxiralari Respublika tennis maktabi kortlarida tennis bo‘yicha norasmiy jahon chempionati sanalmish Devis Kubogining Osiyo-Okeaniya mintaqasi birinchi guruh ikkinchi bosqichidan o‘rin olgan O‘zbekiston – Janubiya Koreya uchrashuvi boshlandi.

Jamoalar Jahon ligasining o‘tish turniri yo‘llanmasi uchun bahs olib borishadi. O‘zbekiston sharafini Petr Lebed bosh murabbiyligidagi Denis Istomin, Farrux Do‘stov, Temur Ismoilov va Sanjar Fayziyev kabi tennischilar himoya qilishmoqda.

Birinchi bo‘lib kortga chiqqan Farrux Do‘stov janubiy koreyalik raqibi Xeon Changuga 7:6, 4:6, 3:6 va 6:7 hisoblarida mag‘lub bo‘ldi.
Biroz keyinroq o‘tkazilgan Denis Istomin va Seong Chan Xong qarama-qarshiligida esa O‘zbekiston vakili 6:2, 6:2 va 6:3 hisoblarida ustun kelgan.

18 iyul kuni Istomin va Do‘stov juftligi Ji Sung Nama va Min-kyu Song juftligiga qarshi bahs o‘tkazishadi. 19 iyul kuni esa Farrux Do‘stov Seong Chan Xong bilan, Istomin esa Xeong Chang bilan o‘ynaydi.

Top