07:29 / 17.07.2015
4877

O‘zbekiston soliq idoralariga ishlamaydigan to‘lov terminallari bo‘yicha ko‘plab shikoyatlar tushmoqda

Bugungi kunda O‘zbekiston soliq idoralari ishonch telefonlariga tushayotgan shikoyatlardan ko‘p qismi savdo va xizmat ko‘rsatish qoidalarining buzilishi hamda plastik kartochkalar orqali to‘lovni amalga oshirish paytida ishlamaydigan to‘lov terminallari bilan bog‘liq bo‘lmoqda.

O‘zbekiston Davlat soliq qo‘mitasi matbuot xizmatining xabar berishicha, 2015 yilning 1 iyul holatiga ko‘ra, fuqarolarning davlat soliq xizmati ishonch telefonlariga murojaatlari asosida o‘tkazilgan nazorat tadbirlari natijasida nazorat-kassa apparatlariga kiritilmagan holda 126400,9 ming so‘mni o‘zlashtirish bo‘yicha 803 ta holat qayd etilgan.

Bundan tashqari, 533ta zarur hujjatlarsiz savdo va xizmat ko‘rsatish holati, soliq qonunchiligining 54 ta boshqa qoidabuzarliklari qayd etilgan. Qoidabuzarlarga nisbatan tegishli jazolar qo‘rilgan.

Qonuniy huquqlarning buzilishlari haqida davlat soliq xizmatining hududiy idoralariga quyidagi ishonch telefoni orqali xabar berish mumkin: 244-98-98.

Top