09:09 / 17.07.2015
3795

Registonda yangi amfiteatr qurildi

O‘zbekiston mustaqilligining 24 yili arafasida Samarqandda “Sharq taronalari” xalqaro musiqa festivaliga tayyorgarlik ko‘rilmoqda. Shu tufayli shaharda keng miqyosda qurilish ishlari olib borilmoqda. Jumladan, Registon maydonida yangi amfiteatr qurilmoqda. U yerda musiqa forumining asosiy tadbirlari o‘tkaziladi.

Registon ansambli mustaqil direksiyasi rahbari Behruz Ma'rufiyning aytishicha, maydonda keng miqyosli rekonstruksiya ishlari 2014 yilda o‘tkazilgan edi. Joriy yilda esa amfiteatr qurilishi olib borilmoqda.

Qurilish ishlarida zamonaviy texnologiyalardan foydalanilmoqda. Maydonda yangicha yoritish tizimi o‘rnatilmoqda. Ishlar “Toshshaharnur” korxonasi mutaxassislari tomonidan germaniyalik hamkasblar ishtirokida olib borilmoqda. Yangi tizimda me'moriy yoritish, lazer-shou va 3D formatidagi taqdimot ko‘zda tutilgan. Buning uchun amfiteatrning ikki tomonidan maxsus monitorlar o‘rnatiladi.

Shu bilan birga, tadbirga tayyorgarlik ishlari ham davom etmoqda. Maydonda qad ko‘targan ulkan sahnaning ochilish marosimi repetitsiyasi olib borilyapti. Unda badiiy kollektivlar, ansambllar, folklor va etnografik guruhlar, estrada xonandalari, ijodkor yoshlar ishtirok etmoqda.

Top