13:52 / 17.07.2015
3052

Rossiya IIVda Super Mario o‘yini asosida videolavha yaratildi

Rossiya ichki ishlar vazirligi Vladimir viloyati boshqarmasi axborot va jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi Super Mario kompyuter o‘yini asosida “Ekstremizm o‘tmaydi!” nomli videolavha yaratdi.
Rolikning bosh qahramoni – ekstremist Koshmario. U internetdan qurol tayyorlash haqida axborot qidiradi, qonunlarni pisand qilmaydi, oqibatda politsiya qo‘liga tushadi.
Klip IIVning aksilekstremizm va aksilterrorchilik yo‘nalishidagi eng yaxshi roliklar tanlovi uchun maxsus yaratilgan. Tanlovga jami 300ta rolik taqdim etildi, 11ta eng yaxshisi asosiy ro‘yxatga kiritildi.
Internet orqali ovoz berish natijasida birinchi o‘rinni Dog‘istondan kelib tushgan videolavha, ikkinchi o‘rinni Penza viloyati ijodkorlari mahsuli qo‘lga kiritdi.

Top