07:07 / 17.07.2015
5398

Saudiya Arabistoni poytaxtida sodir etilgan portlash oqibatida ikki politsiyachi yaralandi

Saudiya Arabistoni poytaxti – Ar-Riyod shahrida sodir etilgan portlash oqibatida ikki politsiyachi yaralandi. Qirollik Ichki ishlar vazirligi matbuot kotibining xabar berishicha, portlovchi moddalar bilan to‘ldirilgan avtomobil qamoqxona binosi yonidagi nazorat-o‘tkazish punkti yonida portlatib yuborilgan. Avtomobilni terrorchi-xudkush boshqargan.

Portlash politsiyachilar mashinani tekshirish uchun to‘xtatishga harakat qilganlarida sodir etilgan. Yaralanganlar yaqin oradagi shifoxonalarga yetkazilganlar, ularning ahvoli barqaror hisoblanmoqda.

2014 yilning fevralida qirollik terrorchilikka qarshi kurash haqidagi qonunni qabul qilib, ekstremistlarga nisbatan siyosatni kuchaytirgan edi. Yarim yil ichida qirollik Ichki ishlar vazirligi bir necha bor ommaviy hibsga olishlar haqida ma'lum qilgan. Biroq hukumat radikallarning faoliyati ustidan to‘liq nazoratni qo‘lga ololmayapti. May oyida mamlakatning sharqidagi masjidlarda sodir etilgan teraktlar tufayli 20 nafardan ko‘proq kishi halok bo‘lgan edi.

Top