00:09 / 17.07.2015
7447

Saudiya Arabistoni Tashqi ishlar vaziri Eron bilan kurashishga tayyorligini ma'lum qildi

Saudiya Arabistoni Tashqi ishlar vaziri Odil al-Jubayr AQSh Davlat kotibi Jon Kerri bilan uchrashuvda Eron bilan erishilgan kelishuvlarni qo‘llab-quvvatlashi haqida hech narsa aytmadi va buning o‘rniga Saudiya Arabistonining Eron bilan kurashishga tayyorligini aytdi.

“Biz ushbu bitim amalga oshsa, eronliklar bu bitimdan mintaqadagi xatarli korxonalar uchun emas, balki Erondagi iqtisodiy vaziyatni yaxshilash uchun foydalanadilar, deb umid qilamiz.
Agar Eron mintaqada beqarorlik keltirib chiqarishga harakat qilsa, unda biz unga qarshi qat'iy kurashishga tayyormiz”, deb aytdi al-Jubayr.
Sunniy musulmonlar o‘rtasida yetakchilik qilishga da'vogarlik qiluvchi Saudiya Arabistoni va shia musulmonlar Eroni Yaqin Sharq mintaqasida bir-birlari bilan raqobatlashadilar. Ikki davlatning raqobati xususan, Iroq, Yaman va boshqa davlatlarda kuzatilmoqda.

Top