14:29 / 17.07.2015
2135

Xosep Bartomeu: «Barselona» Arda Turanni yarim yilga ijaraga berishi mumkin

"Barselona" klubi prezidenti Xosep Bartomeu jamoaning yangi a'zosi Arda Turan yarim yilga boshqa klubga ijaraga berilishi mumkinligi haqida aytib o‘tdi.

"Turanni yarim yilga boshqa jamoaga ijaraga berishimiz ehtimoli katta. Ammo bu boradagi qarorni jamoa bosh murabbiyi Luis Enrike qabul qiladi. Nima bo‘lgan taqdirda ham, Turan Chempionlar ligasida ishtirok etmaydigan jamoaga ijaraga beriladi. Bu barcha uchun foydali qaror bo‘lishi kutilmoqda. Aleish Vidal bo‘yicha esa qaror qabul qilib bo‘lingan. U jamoada shug‘ullanishda davom etadi", - deydi Bartomeu.

Eslatib o‘tamiz, Turan FIFA tomonidan qo‘yilgan taqiq tufayli 2016 yilning yanvariga qadar kataloniyaliklar safida maydonga tusha olmaydi.

Bundan oldinroq, Turon o‘zining ijaraga berib yuborilmasligi, Kataloniyaga buning uchun kelmagani va yarim yil davomida jamoaga moslashish bilan band bo‘lishi haqida aytib o‘tgandi.

Top