10:37 / 18.07.2015
3900

“Formula-1” haydovchisi Jyul Byanki vafot etdi

“Marusya” jamoasi a'zosi, “Formula-1” haydovchisi Jyul Byanki Fransiyadagi shifoxonalarning birida vafot etdi. Bu haqda haydovchining rasmiy fan-klubining Feysbukdagi sahifasida aytildi.
“Jyul oxirigacha kurashdi, u har doim shunday qilardi, ammo bugun uning kurashi yakunlandi”, – deyiladi haydovchining oilasi bergan bayonotda.
Byanki 2014 yil 5 oktabrida Yaponiyadagi Gran-prida halokatga uchradi. U 43-aylanishda trassadan chiqib ketib, germaniyalik haydovchi Adrian Sutilning bolidini evakuatsiya qilishga kelgan traktorga urildi.
Poyga 47-aylanishda qizil bayroq bilan to‘xtatilgan edi.

Top