16:25 / 18.07.2015
6245

Eron rahbari “takabbur” AQShga munosabatini o‘zgartirmasligini aytdi

Eronning oliy rahbari oyatulloh Ali Hameneiy uning “takabbur” AQShga nisbatan munosabati o‘zgarmasligini ta'kidlab o‘tdi. Bu haqda Reuters agentligi xabar bermoqda.

Ramazon oyining yakunlanishi munosabati bilan chiqish qilgan oyatulloh siyosatchilarga shartnomani o‘rganib chiqib, unda Eronning milliy manfaatlari hisobga olinganini tekshirish haqida topshiriq berdi.

“Eron urushni qo‘llab-quvvatlamaydi, lekin shunday bo‘lsa, AQSh sharmanda bo‘ladi”, – dedi Hameneiy.

Top