15:11 / 18.07.2015
2121

Namanganlik firma rahbari soliq yashirgani uchun 4 marta sudlandi

Namanganda faoliyat yuritayotgan Lyuks beton montaj MChJ rahbari Otabek Sobirov davlatdan daromadlarini yashirgani bois 4 marta jinoiy javobgarlikka topshirildi. Bu haqda “Huquq” gazetasi xabar bermoqda.
U sudlanib, ikki marta jinoiy javobgarlikka tortildi. Uchinchi bor u oylik ish haqining 30 foizini davlat daromadi hisobiga ushlab qolgan holda uch yilga axloq tuzatish ishi jazosi tayinlandi. Ushbu muddatning tugashiga esa bir yil sakkiz oy bor edi.
U 2013 yilning uchinchi choragi bo‘yicha Namangan shahar DSIga jamiyat tomonidan ko‘rsatilgan xizmat va bajarilgan ishlar bo‘yicha hisobot topshirganda, unga soxta ma'lumot kiritib, 37.198 mln so‘mlik yagona soliq to‘lovlarini yashirishga urindi. Shuningdek, Sobirov bu boradagi qonun va qonunosti hujjatlari talablariga zid ravishda 153.722 mln so‘mlik debitorlik qarzlarining muddatini o‘tkazib yubordi. Bundan tashqari, jamiyatda ish haqidan qarzdorlik kelib chiqishiga sabab bo‘ldi.
Sud tomonidan Sobirovga tegishli jazo tayinlandi.

Top