13:05 / 18.07.2015
6539

Qatortolda savdogarlar o‘rtasidagi janjal pichoqbozlikka olib keldi

Toshkentdagi Qatortol savdo majmuasida savdogarlar o‘rtasida kelib chiqqan janjal ulardan birining pichoqlanishi bilan yakunlandi. Bu haqda “Huquq” gazetasi xabar bermoqda.

Aytilishicha, qashqadaryolik 25 yoshli Akbar Sobirov ushbu bozorda savdo qiladigan jiyanlari Sherzod va Shuhrat Kengboyevlardan xabar olish uchun Toshkentga borgan. Jiyanlar unga qo‘shni do‘konda ishlaydigan yigitlar uch-to‘rt kun muqaddam ularni urganini aytgan. Sobirov qo‘shni do‘konga chiqib, u yerdagilarga o‘z noroziligini bildirgan. O‘zaro gap talashish janjalni keltirib chiqargan. Shunda Sobirov jiyanlarining do‘konidan pichoq olib kelib, raqibi Botir Egamovning ko‘kragiga sanchgan.

Vaqtida ko‘rsatilgan tibbiy yordam tufayli Egamov tirik qoldi. Sobirov esa qamoq jazosiga hukm qilindi.

Top