20:13 / 18.07.2015
2300

Robbi Kin ESPN telekanali versiyasi bo‘yicha MLS’ning eng yaxshi o‘yinchisi deb topildi

Irlandiyalik futbolchi Robbi Kin AQShning ESPN kabel televideniyesi tarmog‘i tomonidan ta'sis etilgan, AQSh Oliy futbol ligasi (MLS )ning eng yaxshi o‘yinchisiga beriladigan mukofotiga sazovor bo‘ldi.

Ushbu mukofotning sovrindori internet orqali ovoz berish yo‘li bilan aniqlanadi: foydalanuvchilar ESPN maxsus qo‘mitasi tomonidan saralab olingan futbolchilardan birini tanlaydilar. Mukofot iyul oyida beriladi va bunda futbolchilarning oxirgi 12 oy ichida erishgan yutuqlari hisobga olinadi.

Top