23:04 / 18.07.2015
8715

Saakashvili Putin unga tahdid qilayotganini aytmoqda

Ukrainaning Odessa viloyati gubernatori Mixail Saakashvili Rossiya prezidenti Vladimir Putin unga o‘ldirish bilan tahdid qilayotganini ma'lum qildi. Bu haqda “Novosti” axborot agentligi xabar bermoqda.

“Men birinchi bo‘lib Putinga qurolli qarshilik ko‘rsatganman, shuning uchun u meni o‘ldirish bilan ommaviy tarzda tahdid qilmoqda”, deb Saakashvili o‘zining o‘rinbosari Mariya Gaydarning fikriga izoh berib o‘tdi.

Gaydar o‘zining ijtimoiy tarmoqlardagi postida Ukrainaning hududiy birligini qo‘llab-quvvatlashi va Rossiya hukumatining siyosati bilan rozi emasligini yozgan edi.

Top