01:31 / 18.07.2015
2044

Samsung aksionerlari Samsung C&T va Cheil ning birlashuvini qo‘llab-quvvatlashdi

Janubiy Koreyaning Samsung Group korporatsiyasi aksionerlari korporatsiyaga tegishli bo‘lgan Samsung C&T Corp qurilish kompaniyasi va Cheil Industries Inc. ning birlashishini ma'qulladilar.

Kelishuv miqdori 8 mlrd dollarga baholanmoqda. Yangi kompaniya Samsung C&T deb nomlanadi va Janubiy Koreya bozoridagi kapitallashuvi bo‘yicha 5-raqamli kompaniyaga aylanadi.

Samsung Group undan aktivlarga egalik qilishni soddalashtirishni talab qilayotgan Janubiy Koreya hukumatining bosimi ostida o‘z biznesini qayta tashkil etmoqda. Ushbu qayta tashkil etish jaaryoni 2014 yilning may oyida korporatsiya boshqaruv raisi Li Kun Xi yurakdagi muammolar bilan zudlik bilan shifoxonaga yetkazilishi bilan tezlashib ketdi. Li Kun Xi kasali tufayli korporatsiya boshqaruvidan chetlashgan. Uning o‘g‘li Li Chje Yong Cheil ning 23,2 foiziga egalik qiladi.

Top