22:28 / 18.07.2015
2230

Tennis bo‘yicha Devis kubogida O‘zbekiston terma jamoasi hisobda oldinga chiqib oldi

Tennis bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi yetakchilari Denis Istomin va Farruh Do‘stov Devis kubogining Osiyo/Okeaniya mintaqasi birinchi guruhining ikkinchi raundida Janubiy Koreyaga qarshi uchrashuvda terma jamoani hisobda oldinga olib chiqishdi.

Istomin-Do‘stov dueti juftlik uchrashuvida 2 soat 5 daqiqa ichida uch setda Janubiy Koreya vakillari Ji Sung Nam va Min-Kyu Songni 6:2, 7:5, 7:6(3) hisobida mag‘lub etishdi.

Hozirda O‘zbekiston terma jamoasi Janubiy Koreyaga qarshi uchrashuvda 2:1 hisobida oldinda bormoqda.

19 iyul kuni Farruh Do‘stov-Seong Chan Xong va Denis Istomin-Xeon Chang o‘rtasida yakuniy uchrashuvlar bo‘lib o‘tadi.

Top