10:41 / 18.07.2015
2674

Turkiya Suriyaga o‘tib ketmoqchi bo‘lgan 1 nafar Qirg‘iziston va 2 nafar Tojikiston fuqarolarini deportatsiya qildi

Turkiya hukumati Tojikiston pasporti bilan Suriyaga o‘tishga harakat qilgan 21 yoshli qirg‘izistonlik ayolni o‘z yurtiga qaytarib yubordi.
Dinara Aminjonova o‘ziga tashqi jihatdan o‘xshash tojikistonlik qizning pasportidan foydalangan holda Suriyaga o‘tishga harakat qildi. Pasportning qonuniy egasi 3 oy muqaddam hujjatini yo‘qotgani haqida ma'lum qilgan edi.
Turkiya Suriyaga o‘tishga harakat qilgan yana 2 nafar Tojikiston fuqarosini – bir ayol va bir erkakni deportatsiya qilgan. Aminjonovadan farqli ravishda, ular darhaqiqat Tojikiston fuqarosi ekanligi tasdiqlandi.

Top