10:59 / 18.07.2015
2051

Turkmaniston delegatsiyasi Tokioda muzokaralar o‘tkazdi

15-17 iyul kunlari Turkmaniston delegatsiyasi Yaponiya poytaxti Tokioda bo‘ldi.
Safar chog‘ida iqtisodiy va investitsion-texnologik hamkorlik, tabiiy gazni yuqori texnologik qayta ishlash sohasidagi qo‘shma loyihalar realizatsiyasi, jahon bozorlariga raqobatbardosh mahsulotlar chiqarish, ilmiy-texnik innovatsiyalarni joriy qilish, menejment va marketingning oxirgi metodlaridan foydalanish masalalari muhokama qilindi.
Tashrif doirasida Yaponiya bosh vaziri Sindzo Abe hamda yirik korxonalar vakillari bilan uchrashuvlar o‘tkazildi. Turkmaniston matbuotida yozilishicha, ularda Yaponiya kapitalining Turkmaniston iqtisodiyotidagi ishtiroki masalalari ko‘rib chiqildi.

Top