08:29 / 19.07.2015
2824

“Roma” o‘rtoqlik uchrashuvida “Real”ni mag‘lub etdi

“Roma” futbolchilari Melburndagi “Xalqaro chempionlar kubogi” mavsumoldi musobaqasining 1-turida Madridning “Real” klubini mag‘lub etishdi. Uchrashuvning asosiy vaqtida hisob ochilmadi, penaltilar seriyasida rimliklar aniqroq natija ko‘rsatishdi va 7:6 hisobida g‘alaba qozonishdi.

“Real”ning rossiyalik yarimhimoyachisi Denis Cherishev tanaffus paytida Martin Edegorning o‘rniga maydonga tushib, butun taym davomida maydonda harakat qildi.

Xalqaro chempionlar kubogi. Avstraliya. 1-tur

“Real” (Madrid) – “Roma” (Rim) — 0:0 (pen. 6:7)

Top