21:40 / 19.07.2015
5604

Avtobus haydovchisi hushini yo‘qotishi oqibatida avtohalokat yuz berdi

Qozog‘iston poytaxti Ostonada, Qo‘nayev ko‘chasida “Diplomat” mehmonxonasi va “Nur Otan” partiyasi binosi yaqinida yirik avtohalokat yuz berdi.

Yo‘lovchi avtobusi reys amalga oshirayotgan paytda katta tezlikda ko‘cha chetidagi ustunga borib urilgan.

Ma'lumotlarga ko‘ra, 10 dan ziyodroq odam turli darajadagi jarohatlar olganlar. Ko‘pchilik jarohatlanganlarning qo‘l-oyoqlari singan va boshlaridan jarohat olganlar.

Yo‘l-transport hodisasi joyida tezkor xizmatlar ish olib bormoqda.

Mahalliy hokimiyatning xabar berishicha, avtohalokat avtobus haydovchisining avtobusni boshqarayotganda hushidan ketishi sababli yuz bergan. Haydovchi birdan o‘zini yomon his qila boshlagan, biroq bu haqda aytishga va avtobusni to‘xtatishga ulgura olmagan.

Yo‘l xizmati voqea tafsilotlarini o‘rganmoqda.

Top