AQSh prezidenti lavozimiga nomzod Donald Tramp Respublikachilar partiyasidagi hamkasbi Jon Makkeynga Vetnam urushidagi ishtirokini eslatib, uni tanqid ostiga oldi. Bu haqda Politico nashri yozmoqda.
“U urush qahramoni emas. U asirga tushgani sababli qahramon bo‘lgan. Men esa asirga tushmagan odamlarni yaxshi ko‘raman”, deb aytdi Tramp.
Avvalroq Donald Tramp Respublikachilar partiyasidan eng ommaviy nomzod bo‘lgani ma'lum qilingandi.