19:02 / 19.07.2015
28055

Instagram’da eng ko‘p kuzatuvchilari bor o‘zbekistonlik san'atkorlar reytingi e'lon qilindi

Instagram ijtimoiy tarmog‘ida eng ko‘p kuzatuvchilarga ega bo‘lgan o‘zbekistonlik san'atkorlar reytingi “Darakchi” gazetasida e'lon qilindi.

Ro‘yxat boshida xonanda Shahzoda turibdi – uning sahifasiga 366 ming foydalanuvchi a'zo bo‘lgan. Ikkinchi o‘rinni Rayhon (250 ming obunachi), uchinchi o‘rinni Asal Shodiyeva (222 ming obunachi) egalladi.
Kuchli beshlikka, shuningdek, Manzura (179 ming obunachi), Lola (176 ming obunachi) kirdi.
Estradaning boshqa ko‘zga ko‘ringan yulduzlari – Shoxruxxon 175 ming obunachi bilan 6-o‘ringa, Sevara Nazarxon 149 ming obunachi bilan 7-o‘ringa, Nilufar Usmonova 144 ming obunachi bilan 8-o‘ringa, Munisa Rizayeva 137 ming obunachi bilan 9-o‘ringa munosib ko‘rildi.
Reytingning so‘nggi pog‘onasini “Bojalar” guruhi yakkaxoni Jahongir Poziljonov (121 ming obunachi) egalladi.





Top