15:20 / 19.07.2015
2540

Londonda ikki qavatli avtobus ko‘prikka urildi

London janubida ikki qavatli avtobus past ko‘prik ostidan o‘tishga harakat qildi, ammo buning oqibatida uning tomi ko‘chib tushdi. 7 nafar yo‘lovchi jarohatlandi.
Sky News telekanalining ma'lum qilishicha, ko‘prikda bunday avtobuslar ostidan o‘tishi taqiqlanishi haqidagi belgi bo‘lgan, ammo haydovchi e'tibor qilmagan.
Voqea joyiga qutqaruvchilar va tez yordam yetib keldi. Jarohatlanganlardan 4 nafari shifoxonaga yetkazildi.

Top