09:16 / 19.07.2015
2731

Misrda harbiy blokpostlar o‘qqa tutilishi oqibatida 5 nafar misrlik harbiy halok bo‘ldi

Misrning Sinay yarimorolida ikkita harbiy blokpost o‘qqa tutilishi oqibatida 5 nafar misrlik harbiy halok bo‘ldi. Misr xavfsizlik kuchlari vakillarining ma'lum qilishicha, Shayx Zuvayd shahrida amalga oshirilgan bu hujumda IShID terrorchilik tashkiloti jangarilari gumon qilinmoqda. Qayd etilishicha, Sinay yarimorolida oxirgi oylarda harbiylar va politsiyachilarga tez-tez hujumlar uyushtirilmoqda.

Top