12:46 / 19.07.2015
2808

Novosibirskda bankomat o‘g‘risi portlashdan qo‘rqib qochib ketdi

Rossiyaning Novosibirsk shahrida noma'lum shaxs bankomatni portlatib yubordi, ammo portlashdan qo‘rqib, hech narsa olmay qochib ketdi. Bu haqda Interfaks agentligi xabar bermoqda.
Voqea shanba kuni mahalliy vaqt bilan soat 2:00da sodir bo‘lgan. Erkak yirik banklardan birining binosiga kirib, bankomatni portlatgan. Ammo u pullarni olmay qochib ketgan. Huquq-tartibot idoralarining ma'lum qilishicha, u portlash ovozidan qo‘rqib ketgan.
Portlash zarbi yana ikkita bankomatni zararlantirgan, derazalarni va yaqin oradagi uch mashinaning oynalarini urib tushirgan.

Top