12:23 / 19.07.2015
2051

Poroshenko yangi konstitutsion o‘zgartishlar kuchga kirishiga harakat qilishini aytdi

Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko fuqarolarga yo‘llagan murojaatida markazlashtirishga qarshi yo‘naltirilgan konstitutsion o‘zgartishlar kuchga kirishi uchun qo‘lidan kelgan hamma ishni qilishini ta'kidlab o‘tdi.
Ilgari xabar qilinganidek, Poroshenko ushbu o‘zgartish loyihasini Oliy Rada muhokamasiga kiritgan edi. Ammo deputatlar bu loyiha doirasida Donbassga maxsus maqom berilishiga qarshi chiqmoqda.
Poroshenko bir necha marta o‘zgartishlarning qabul qilinmasligi Ukraina G‘arbning ko‘magidan mahrum qilishini aytib o‘tgan edi.

Top