14:50 / 19.07.2015
4366

Qariyalar va nogironlarga ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish haqidagi qonun loyihasi ishlab chiqildi

O‘zbekiston mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligida “O‘zbekistonda nogironlarlikka ega shaxslar va yolg‘iz keksalarga professional xizmat ko‘rsatish” loyihasi kengashining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda mehnat vaziri Aziz Abduhakimov va boshqarmalar rahbarlari, Stefan Pirsner, BMT taraqqiyot dasturining mas'ul xodimlari, loyiha xodimlari va BMT vakillari ishtirok etdi.
O‘z chiqishida vazir ushbu loyihadan ko‘zlangan maqsad yolg‘iz keksalarga ko‘rsatiladigan ijtimoiy xizmatlar sifatini oshirish ekanligini alohida ta'kidlab o‘tdi.
So‘ng loyiha rahbari Yana Chicherina 2015 yilning birinchi yarmida olib borilgan ishlarga qisqacha to‘xtalib, ikkinchi yarim yillik rejalari borasida ma'lumot berdi. Xususan, u “Keksalar, nogironlar va aholining boshqa qatlamlariga ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish to‘g‘risida”gi qonun loyihasining ishlab chiqilgani, shuningdek, soha bo‘yicha ikkita hukumat qarorlarining loyihalari ishlab chiqilgani hamda ushbu hujjatlar tez orada muhokamaga kiritilishi ma'lum qilindi.
Majlis yakunlariga ko‘ra hisobotda berilgan ma'lumotlar ma'qullanib, ikkinchi yarim yillikdagi chora-tadbirlar belgilab berildi.

Top