17:10 / 19.07.2015
4630

AQSh boshchiligidagi koalitsiya “IShID”ning Suriya va Iroqdagi pozitsiyalariga navbatdagi aviazarbalarni berdi

AQSh va uning koalitsiya bo‘yicha ittifoqdoshlari “IShID” terrorchilik tashkiloti jangarilarining Suriya va Iroqdagi pozitsiyalariga 23 ta aviazarba berdi.

24 soat davom etgan ushbu hujum natijalari haqida AQSh polkovnigi Yyen Morotto ma'lum qildi.

Morottoning aytishicha, koalitsiya kuchlari jangarilarning Tal Afar va Ramadi shahridagi harbiy obektlariga zarba berishgan. Zarbalar oqibatida jangarilar katta talofatlar ko‘rgan.

Morotto Tal-Afardagi jangarilar pozitsiyalariga berilgan 10 ta havo zarbidan keyin jangarilarga tegishli bino va transport, qurol-aslaha obmorxonalari va boshqaruv markazi yo‘q qilingani aytdi. Yana 5 ta zarba jangarilarning Ramadi shahrida pozitsiyalariga berilgan, natijada jangarilarning bir nechta transport vositalari yo‘q qilingan.

Shuningdek, koalitsiya kuchlari Suriyadagi Al-Xasaka shahriga 8 ta aviazarba bergan, ulardan 5 tasi nishonga tekkan.

Top