20:18 / 19.07.2015
6802

Turkiya Rossiya gaziga tranzit taqdim qilishdan bosh tortmoqda

Turkiya energetika va tabiiy resurslar vaziri Toner Yildiz Rossiya gazini Ukrainani chetlab o‘tib Yevropaga yetkazish imkonini beradigan “Turk oqimi” loyihasini amalga oshirish bo‘yicha Rossiyaning “Gazprom” kompaniyasi bilan muhokamalarning borishiga izoh berib o‘tdi.

“Moskva bizning timsolda faqatgina tranzit qiluvchi davlatni ko‘rmoqda. Bundan bizga hech qanday foyda yo‘q. Biz birgalikda yetkazib berish tizimlarini yaratishdan manfaatdormiz. Bu masala bo‘yicha prinsipial kelishuvga erishilgan edi, biroq Rossiya fikridan aynimoqda”, deb ta'kidlamoqda Yildiz.

Vazirning atyishicha, “Turk oqimi” Moskva kabi Anqaraning ham manfaatlariga javob berishi kerak. “Biz hech qachon bizning manfaatlarimizga xavf soluvchi yon bosishlarga rozi bo‘lmaymiz”, deb qo‘shimcha qildi Yildiz va muammo gazga chegirmalar berish bilangina hal bo‘lmasligini aytib o‘tdi.

“Turk oqimi” gaz quvurini qurish haqidagi qaror Ukrainadagi mojaro sababli Yevropa Ittifoqining tutgan yo‘li tufayli 2014 yilning dekabrida yopilgan “Janubiy oqim” bo‘yicha ishlarning tugatilishidan keyin qabul qilingan edi. Bu gaz quvurining quvvati yiliga 60 mlrd kub metr gazni tashkil qilishi taxmin qilinmoqda.

Top