19:40 / 20.07.2015
1768

“Bavariya” Vidal uchun “Yuventus”ga 37 mln yevro to‘laydigan bo‘ldi

“Yuventus” yarimhimoyachisi Arturo Vidalning “Bavariya”ga ehtimoliy transferi bo‘yicha ba'zi tafsilotlar ma'lum bo‘ldi.

Myunxen klubi futbolchi uchun 37 mln yevro va yana 3 mln yevro qo‘shimcha bonuslar sifatida to‘laydigan bo‘ldi.

Futbolchi “Bavariya”da haftasiga 130 ming yevro maosh oladi.

Myunxenliklar futbolchining transferini hafta oxirigacha e'lon qilishadi. Chililik futbolchi yaqin kunlarda tibbiy ko‘rikdan o‘tadi.

Top