11:19 / 20.07.2015
2761

Birinchi yarim yillikda Ucell’ning sof tushumi 250.53 mln dollarni tashkil qildi

O‘zbekistonning Ucell mobil operatori 2015 yilning birinchi yarmida 2.144 mlrd shved kronasi (250.53 mln dollar) miqdorida sof tushum oldi. O‘sish o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 27.2 foizni tashkil etdi.

Ikkinchi chorakda kompaniyaning sof tushumi 1.112 mlrd kronani yoki 130.093 mln dollarni tashkil qildi. Bu 2014 yil shu davridagi ko‘rsatkichdan 23.6 foizga ko‘proqdir.
EBITDA (soliqlar, foizlar, eskirish va amortizatsiya to‘lovlaridan ilgarigi daromad) ko‘rsatkichi birinchi yarim yillikda 27.2 foizga o‘sib, 1.142 mlrd kronani (133.578 mln dollar) tashkil qildi, ikkinchi chorakda esa 23.1 foizlik o‘sishni namoyish qilib, 670 mln kronani (70.988 mln dollar) tashkil qildi.

Ucell’ning abonentlik bazasi 8.518 mln kishini tashkil qilgan. Bu o‘tgan yilning birinchi yarmiga nisbatan 1.3 foizga ko‘proqdir – o‘tgan yili bu ko‘rsatkchi 8.41 mln abonentga teng edi.
MOU (bir oyda bitta abonent foydalangan daqiqalarning o‘rtacha miqdori) ko‘rsatkichi birinchi chorak yakunlariga ko‘ra 314 daqiqani tashkil qildi, 2014 yili bu ko‘rsatkich 310 daqiqaga teng edi.

Top