00:06 / 20.07.2015
2282

Joze Mourinyu jamoaga himoyachi qidirayotganini ma'lum qildi

“Chelsi” bosh murabbiyi Joze Mourinyu “Chelsi” jamoasining transfer nishonlari haqida ma'lumot berdi.

“Men muvozanat uchun himoyachi qidirmoqdaman. Bu masala hal bo‘lgandan keyin biz o‘yinchilarimiz bilan nima bo‘lishiga qaramasdan, istalgan vaziyatga javob topa olamiz. Agar kimdir ketishni istasa, biz bunga zudlik bilan javob berishimiz va uning o‘rniga yana kimnidir olishimiz kerak bo‘ladi, chunki tarkib hozirda muvozanatlashgan va bu muvozanatni yo‘qotish kerak emas.

Pedro? Bizda 5 nafar yarimhimoyachi bor, agar kimnidir yo‘qotsak, men yana kimnidir olishim mumkin, biroq hozirda menda muvozanat ham, sifat ham, raqam ham bor.

Mavsumni o‘tgan yilgi tarkib bilan o‘tish biz uchun katta sinov bo‘ladi”, deb aytdi Mourinyu

Avvalroq portugaliyalik murabbiy “Chelsi” “Everton” himoyachisi Jon Stounzni ko‘z ostiga olganini tasdiqlagan edi.

Top