17:37 / 20.07.2015
1954

Kennedi aeroportida 48 mln dollarga jonivorlar uchun terminal qurilmoqda

Nyu-Yorkdagi Kennedi nomli xalqaro aeroportda jonivorlar uchun terminal qurilmoqda. New York Daily Post gazetasining yozishicha, loyihaning umumiy qiymati 48 mln dollarni tashkil qiladi.
Yangi majmua payg‘ambar Nuhning kemasi sharafiga The ARK deb ataladi. U 2016 yilda ochiladi. Ta'kidlanishicha, bunday terminal dunyoda birinchi marta qurilmoqda.
The ARK yiliga 70 ming jonivorni qabul qiladi. Sigirlar va otlarga iqlim boshqaruvi tizimi bilan jihozlangan kataklar taklif qilinadi, itlar esa televizorli xonalarda dam olib, massaj olishlari mumkin bo‘ladi. Shuningdek, pingvinlar uchun maxsus maydon bino etiladi. Barcha jonivorlarga tinimsiz tibbiy yordam ko‘rsatiladi.
Majmua karantindagi yoki yuk bo‘linmasida sayohat qilayotgan jonivorlarga xizmat ko‘rsatadi.

Top