07:02 / 20.07.2015
3407

Liviya Harbiy-havo kuchlari samolyoti terrorchilar kemasini cho‘ktirib yubordi

Liviya Harbiy-havo kuchlari samolyoti Liviyaning yirikligi bo‘yicha ikkinchi shahri hisoblangan Bengazi yaqinida terrorchilarga tegishli kemani o‘qqa tutib, uni cho‘ktirib yubordi, deb xabar bermoqda Reuters axborot agentligi.

“Kemada sharqiy viloyatlarda terrorchilikni qo‘llab-quvvatlash uchun jo‘natilgan jangarilar, qurol va o‘q-dorilar bo‘lgani uchun u cho‘ktirib yuborildi”, deb aytdi Liviya Harbiy-havo kuchlari matbuot kotibi Nosir al-Xassiy.

Al Arabiya telekanali ma'lumotlariga ko‘ra, kema Bengazi portiga kirmoqchi bo‘lgandan keyin o‘qqa tutilgan.

Top