12:52 / 20.07.2015
2209

Lui van Gal "MYu"ga yangi hujumchi olinishi ehtimoli ozligini aytdi

"Manchester Yunayted" jamoasi bosh murabbiyi Lui van Gal yozgi transferlar haqida fikr bildirib, jamoaning hujum chizig‘iga yangi futbolchi olinmagani haqidagi savollarga izoh berdi.

"Bizda Runi bor. Bundan tashqari Chicharito qaytadi. Uilson ham hujum chizig‘ida o‘ynashi mumkin.
Yangi hujumchi olinishi haqida esa aniq ayta olmayman. Balki transferlar oynasi yopilguniga qadar syurpriz bo‘lar.
Robin van Persi va Falkao jamoani tark etgach, Chicharitoda o‘zini ko‘rsatish uchun yaxshi imkoniyat hosil bo‘lgan", deydi gollandiyalik mutaxassis.

Top