10:33 / 20.07.2015
2845

Olmaliqda talonchi qo‘lga olindi

Toshkent viloyati Olmaliq shahar ichki ishlar bo‘limiga 35 yoshli erkak kishi murojaat qilib, noma'lum shaxs uyi oldida uning 2008 yilda tug‘ilgan qizini qulog‘idan sariq metalldan yasalgan ziraklarini yulib olib, voqea joyidan yashiringanligini ma'lum qilgan.

Shahar ichki ishlar bo‘limi xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor tadbirlar natijasida ushbu talonchilikni mahalliy aholiga mansub 46 yoshli fuqaro sodir etgani to‘liq fosh etildi va ular qo‘lga olindi.

Mazkur holat bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Top