Join KUN.UZ Telegram kanaliga qo‘shiling va eng so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling! A'zo bo'lish
x
Qozog'istonlik ayol Olma-Ota-Moskva samolyoti bortida olamdan o'tdi
17:41 / 20.07.2015
3225

Olma-Otadan Moskvaga uchib ketayotgan samolyot bortida qozog'istonlik yo'lovchi ayol vafot etdi. Uning vafoti tufayli layner Samara aeroportida favqulodda qo'nishni amalga oshirishga majbur bo'ldi.
LifeNews saytining yozishicha, yo'lovchi tromb tufayli olamdan o'tgan. Yo'lovchining ismi oshkor etildi. Aniqlanishicha, bu 1951 yili tug'ilgan qozog'istonlik Yuliya Vasilevadir. Ayni paytda voqea joyida tergov guruhi ishlamoqda.

  • Teglar:
Top