17:23 / 20.07.2015
3571

Saakashvilining o‘rinbosari Lukashenkoni “Yevropaning oxiridan oldingi diktatori” deb atadi

Ukrainaning Odessa viloyati hokimining o‘rinbosari, rossiyalik muxolifatchi siyosatchi Mariya Gaydar matbuot anjumani chog‘ida Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenkoni “Yevropaning oxiridan oldingi diktatori” deb atadi. Bu haqda “112 Ukraina” telekanali xabar bermoqda.
Jurnalist Gaydar xonimning Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyevga munosabati bilan qiziqdi.
Bunga javoban hokim o‘rinbosari Qozog‘iston haqida biror narsa ayta olmasligini, ammo Belarusdagi vaziyatni yaxshi bilishini aytdi.

Top