09:41 / 20.07.2015
2165

Saxalin hokimiyati saraton kasalini erta bosqichda aniqlagan shifokorlarga qo‘shimcha haq to‘laydi

Rossiyaning Saxalin viloyati hokimiyati saraton kasalini erta bosqichda aniqlagan shifokorlarga qo‘shimcha haq to‘lashi mumkin. Bu haqda hokim vazifasini vaqtincha bajaruvchi Oleg Kojyemyako mintaqaga sog‘liqni saqlash vaziri Veronika Skvortsovaning tashrifi yakunlariga ko‘ra ma'lum qildi.
“Kuzda biz onkologik kasalliklarni 1-2-bosqichlarda aniqlagan shifokorlarga qo‘shimcha haq to‘lash haqidagi hujjatni qabul qilishni rejalashtirmoqdamiz. O‘ylaymanki, bu xastalikka qarshi kurashish uchun qo‘shimcha turtki bo‘ladi”, – uning so‘zlarini keltiradi TASS agentligi.
Aytilishicha, qo‘shimcha haq 1.5-2 ming rublni tashkil qiladi.

Top