09:44 / 20.07.2015
4249

Tarmoqda MH17 aviahalokatining birinchi daqiqalari qayd qilingan video paydo bo‘ldi

YouTube portalida Billy Six ismli foydalanuvchi tomonidan Ukrainada urib tushirilgan MH17 samolyoti halokatining birinchi daqiqalari qayd qilingan video joylashtirildi.
Avtomobil oynasidan qilingan yozuvda layner qoldiqlaridan ko‘tarilayotgan qora tutun ko‘ringan; bir necha daqiqadan so‘ng tasvirga olayotgan ayol yo‘lovchilar tanalari parchalarini ko‘rib, yig‘lay boshlagan.
Eslatib o‘tamiz, Amsterdam — Kuala-Lumpur MH17 reysi 2014 yilning 17 iyulida harbiy harakatlar ketayotgan Donbass viloyati osmonidan urib tushirildi. Bortda 298 kishi bor edi, ulardan 193 nafari Niderlandiya fuqarolari edi. May oyida xalqaro ekspertlar halokat yerida qidiruv missiyasini yakunladi. Samolyot qoldiqlari, yo‘lovchilarning tanalari va ularning shaxsiy buyumlari Niderlandiyaga yuborildi. Niderlandiya xavfsizlik kengashining halokat sabablari haqidagi yakuniy hisoboti oktabr oyida e'lon qiladi.

Top