08:33 / 20.07.2015
5131

TATU MDHning "SAP Universitetlar alyansi" tarkibiga kirdi

Toshkent axborot texnologiyalari universiteti (TATU) MDHning "SAP Universitetlar alyansi" tarkibidan o‘rin oldi.

Universitet matbuot xizmatining xabariga ko‘ra, "SAP Universitetlar alyansi" dasturi oliy o‘quv yurtlari o‘rtasidagi hamkorlikni yo‘lga qo‘yishni ko‘zda tutadi.

Ayni vaqtda TATUda "SAP Business One" majmuasi doirasidagi bilimlarni o‘qitishi uchun yangi o‘qituvchilarni ishga qabul qilish bo‘yicha e'lon berilgan.

"SAP Business One" kichik va o‘rta biznes uchun tahliliy tizim hisoblanadi.

Top