17:47 / 20.07.2015
2322

Toshkentda oltiariqlik aka-ukalardan lizing bahonasida 82 mln so‘m olgan firibgar sudlandi

Toshkentda oltiariqlik aka-ukalardan lizing bahonasida 82 mln so‘m olgan firibgar sudlandi. Bu haqda IIV tergov bosh boshqarmasi xabar bermoqda.
Aytilishicha, oltiariqlik aka-uka Shohrux va Hamidullo restoran sotib olib, uni ishlatish uchun 400 mln so‘m kredit olishgan. Ammo bu pul kamlik qilgan.
Shunda ular Toshkentda joylashgan “Millenium lizing” MChJ rahbari Sadriddinga murojaat qilishgan. Sadriddin ularga 1 mlrd so‘m lizingga olib berishga va'da qilib, buning uchun pulning 6 foizini oldindan berib qo‘yishni talab qilgan. Aka-ukalar unga 82 mln so‘mni 7 100 dollarga hisoblab yetkazib berishgan. Bir necha kundan so‘ng Sadriddin o‘zini bank xodimi deb tanishtirgan Jasur ismli yigit bilan Oltiariqqa borib, restoranni suratga olib ketgan. Ammo shundan so‘ng Shohruh va Hamidullolar firibgarlarni boshqa topa olmagan.
Ancha vaqtdan so‘ng ular tegishli idoraga murojaat qilishgan. Qalloblar qo‘lga olinib, sudga tortilgan.

Top