22:36 / 20.07.2015
2695

Xalk: Rossiya futbolidagi irqchilik 2018 yilgi jahon chempionatida muammo bo‘lishi mumkin

Sankt-Peterburgning “Zenit” jamoasining braziliyalik hujumchisi Xalk Rossiya chempionatidagi mavjud irqchilik bilan bog‘liq muammolar borasida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

“Avval men irqchilik bilan bog‘liq holatlarda xafa bo‘lardim va jahlim chiqardi, hozir bo‘lsa hakamlar va rasmiy shaxslar bu muammoga yetarlicha e'tiborga qaratmayotganlarini ko‘rmoqdaman, shuning uchun men endi bunday holatlarda jahlim chiqmaslikka va tribunalarga havo orqali bo‘sa yuborishga harakat qilaman.

Agar irqchilik holatlari jahon chempionati paytida ham yuz bersa, bu katta muammo bo‘ladi, chunki bu musobaqani butun dunyo tomosha qiladi. Hozircha bu mahalliy ko‘rinish olgan”, deb aytmoqda Xalk.

Top