06:56 / 20.07.2015
3327

Yoshlar o‘rtasidagi Yevropa chempionati finalida Rossiya yoshlari ispaniyaliklarga mag‘lub bo‘ldi

19 iyul kuni Ispaniya U19 va Rossiya U19 Yevro-2015 turniri finalida maydonga tushdi va bu o‘yinda ispanlar 2:0 hisobida g‘alaba qozonishdi.

O‘yinning 39 daqiqasida Ispaniya yoshlar terma jamoasi a'zosi Borxa Mayoral hisobni ochdi. O‘yinning 78 daqiqasida esa Matias Leyva ikkinchi golni urib, g‘alabani ta'minladi.

Shu tariqa, Ispaniya yoshlar termasi yettinchi marta qit'ada tengsiz deb topilishdi.
Bu turnir 2002 yildan beri har yili o‘tkazilib kelinadi va turnirda ko‘p g‘alaba qozonish bo‘yicha ispaniyaliklarga nisbatan yaqinroq ko‘rsatkichni Germaniya yoshlari 2 marta g‘alaba qozonish evaziga qayd etishgan.

Ispaniya U19 - Rossiya U19 2:0
Gollar: Mayoral (39), Leyva (78).
Ogohlantirishlar: Leyva (90+4) - Golovon (34), Xodjiniyozov (45), Guliyev (83).

Top