06:38 / 21.07.2015
2312

Hindistonda xususiy kompaniyalarga qurol-aslaha ishlab chiqarishga ruxsat berildi

Hindiston Mudofaa vazirligi mahalliy Mudofaa tadqiqotlari va ishlanmalari tashkilotiga uchuvchisiz parvoz qurilmasi Lakshya`ni ishlab chiqarish texnologiyalarini Larsen and Toubro xususiy kompaniyasiga berishga ruxsat berdi.

Bungacha mamlakatda qurol-aslaha ishlab chiqarish bilan faqatgina davlat korxonalari shug‘ullangan.

Larsen and Toubro kompaniyasi har bir ishlab chiqarilgan uchuvchisiz parvoz qurilmasi uchun litsenziya to‘lovlarini amalga oshirishi kerak bo‘ladi. Kompaniya ushbu mahsulotni eksport qilish uchun hukumatning tegishli ruxsatnomasini olishi lozim. Hindiston ushbu qurilmalarni Isroil, Malayziya va Singapurga sotishni mo‘ljallamoqda.

Mahalliy OAVlarning xabar berishicha, texnologiyalarning bunday uzatilishi qurol-aslahalar ishlab chiqarish bilan shug‘ullanuvchi boshqa korporatsiyalarni ham qiziqtirishi mumkin.

Lakshya razvedka qurilmasi Hindistonda 2000 yildan beri qurollanishda turadi. U ko‘p marotabalik nishon-samolyot sifatida ham ishlatiladi.

Top