15:25 / 21.07.2015
3706

Istanbul shahrida otishma sodir bo‘ldi

21 iyul kuni Turkiyaning iqtisodiy poytaxti hisoblanadigan Istanbul shahrida noma'lum shaxs politsiya uchastkasiga o‘q yog‘dirdi.

Hurriet nashrida yozilishicha, politsiya ham bunga javob qaytargan. Jabrlanganlar haqida aniq ma'lumotlar berilmagan.
Aniqlik kiritilishicha, bu voqea shaharning Sultong‘ozi tumanida yuz bergan.

Ayni vaqtda hodisa bo‘yicha tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, 20 iyul kuni ham Istanbulda noma'lum shaxs odamlarga o‘t ochib, 5 kishini jarohatlagan va voqea joyidan yashirinishga muvaffaq bo‘lgandi. Jarohatlanganlardan biri xorijlik sayyohligi ma'lum bo‘lgandi.

Top