09:29 / 21.07.2015
7644

Luganskdan Rossiyaga temir yo‘l izi orqali yetib olmoqchi bo‘lgan o‘zbekistonlik minaga duch keldi

19 iyul kuni Ukrainaning Stanichno-Luganskoye tuman tibbiyot bo‘linmasiga Luganskdan Rossiyaga temir yo‘l izi bo‘ylab yetib olmoqchi bo‘lganida tortib qo‘yiladigan minaga uchrab, jarohat olgan, pasporti bo‘lmagan O‘zbekiston fuqarosi kelib tushdi

Lugansk viloyati harbiy-fuqarolik ma'muriyati matbuot xizmatining xabar berishicha, yonida faqatgina haydovchilik guvohnomasi bo‘lgan o‘zbekistonlik Luganskdan Rossiyaning yaqin oradagi aholi punktigacha yetib olmoqchi bo‘lganini, biroq Stanichno-Luganskoye tumanida tortib qo‘yiladigan minaga tushib, uning parchalaridan jarohat olganini aytgan.

Bu hududda temir yo‘li harakati amalga oshirilmagan. Lugansk viloyati harbiy-fuqarolik ma'muriyati terrorchilar tomonidan ko‘plab yo‘llar va temir yo‘l izlari minalashtirib qo‘yilgani sababli belgilangan joylardan boshqa joylardan chegarani kesib o‘tish xavfliligi haqida navbatdagi galda ogohlantirmoqda.

“O‘zbekistonlik fuqaro xususida men huquq-tartibot muassasalariga u qayerga va qanday maqsadda ketayotganini va umuman nima uchun Ukrainaga kelganini aniqlash vazifasini topshirdim”, deb aytdi Lugansk viloyati harbiy-fuqarolik ma'muriyati rahbari vazifasini vaqtinchalik bajaruvchi Yuriy Klimenko.

Top