14:14 / 21.07.2015
2010

Namangan viloyatida parranda miqdori 15 foizga ortdi

2015 yilning birinchi yarmi yakunlariga ko‘ra Namangan viloyatida parranda miqdori 15 foizga, yirik shoxli chorva miqdori 2 foizga, mayda shoxli chorva miqdori 2.5 foizga ortdi. Bu haqda “Pravda Vostoka” gazetasi xabar bermoqda.
O‘tgan davrda viloyatdagi fermer xo‘jaliklari bozorga 53 ming tonna go‘sht, 239 ming l sut, 152 ming dona tuxum chiqarishdi.
Bundan tashqari, Yangiqo‘rg‘on tumanida asalarichilik faol rivojlantirilayotgani xabar qilinmoqda.

Top