13:49 / 21.07.2015
3195

O‘zbekiston davlat organlari va kompaniyalarining IT bo‘yicha reytingi e'lon qilindi

2015 yilning ikkinchi choragi yakunlariga ko‘ra davlat organlari va kompaniyalar faoliyatiga axborot-kommunikatsion texnologiyalarni joriy qilish bo‘yicha olib borilgan monitoring ishlari bo‘yicha ushbu ko‘rsatkich bo‘yicha tashkilotlar reytingi tuzildi. Bu haqda “Elektron hukumat” portali orqali axborot berildi.

Monitoring 115 tashkilotni qamrab oldi, ulardan 56tasi davlat organlari, 45tasi xo‘jalik boshqaruvi organlari, 14tasi joylardagi davlat hokimiyati organlaridir. Baholash ishlar tashkilotlarning rasmiy saytlarini, shuningdek, ular tomonidan NIS.UZ idoralararo tizimga taqdim etilgan ma'lumotlar asosida olib borildi.
Ma'lum bo‘lishicha, hisobot davrida davlat organlarining o‘rtacha reytingi 59.23 balldan 68.29 ballgacha o‘sdi, ya'ni o‘sish 15.30 foizni tashkil qildi.

Eng yuqori natijani davlat soliq qo‘mitasi ko‘rsatdi (100dan 95.04 ball). Ilgari birinchi o‘rin O‘zbekiston markaziy bankiga tegishli edi. Ammo joriy reytingda u ikkinchi o‘ringa munosib ko‘rildi.
Shuningdek, kuchli beshlikka “Dori-darmon” aksiyadorlik jamiyati, “O‘zvinprom-xolding” va “O‘zavtosanoat” kompaniyalari kirdi.
Eng past ko‘rsatkich “Qurilish-lizing” kompaniyasida qayd qilindi (14.41 ball).
Axborot-kommunikatsion texnologiyalar joriy qilinishi qoniqarli deb topilmagan tashkilotlarga faol yordam ko‘rsatilmoqda.

Top